Пятница, 16/11/2018, 11:05
Приветствую Вас Xurmatli Mexmon | RSS
Главная | Регистрация | Вход
Ishq.ucoz.ru
Asosiy menyu
Bo'limlar
Qiziqarli Ma'lumotlar [30]
Dunyo Xabarlari [15]
Shou-Biznes [18]
Qo`shiqlar Matni [1]
Mashxurlar Xayoti [1]
Sport Olami [24]
O'zbekiston yangiliklari [16]
Eng zo'r tema
  • Assalomu alaykum wr wb (11)
  • ๑۩۞۩๑FORUMCHILAR RASIMLARI๑۩۞۩๑ (4)
  • ๑۩۞۩๑FLOOD QIROLLIGI๑۩۞۩๑ (4)
  • ٠•●▪★ O'ZINGIZDAN OLDINGI USERGA NOM BERING ★▪●•٠ (2)
  • ๑۩۞۩๑FORUMCHILAR E-MAIL.LARI๑۩۞۩๑ (2)
  • Yangilik Faollari
    Sasuki-Day
    Yangiliklari: 121
    Sherzod_230688
    Yangiliklari: 120
    Alik
    Yangiliklari: 1
    Forum Faollari
    Sasuki-Day

    Postlari: 33
    AdMiNkA_uZ

    Postlari: 14
    Sherzod_230688

    Postlari: 10
    Izox Faollari
    Sherzod_230688

    Izoxlar: 93
    AdMiNkA_uZ

    Izoxlar: 4
    PlatisGomo

    Izoxlar: 1
    So'ngi a'zolar
    leo_messi_9999

    Ro'yhatdan o'tdi: 28/02/2016
    pentaxnewsru

    Ro'yhatdan o'tdi: 17/11/2015
    dobry_dobry

    Ro'yhatdan o'tdi: 14/11/2015
    Reputasia faollari
    Sherzod_230688
    Tajribasi: 40
    AdMiNkA_uZ
    Tajribasi: 1
    Sasuki-Day
    Tajribasi: 1
    Rasm Faollari
    Sherzod_230688
    Rasmlari: 1
    Oka7
    Rasmlari: 0
    uzstrela
    Rasmlari: 0
    Bugun Saytda

    Barcha onlinedagilar: 1
    Mexmon: 1
    Foydalanuvchilar: 0

    A'zolar
    Mehmonlar


    BUGUNGI FAOLLAR:
    ADMINSTRATOR
    +99894 582 28 82

    SAYT PREZIDENTI

    SAYT PREZIDENTI
    Агент@mail.ru Sherzod_230688@mail.ru

    SMS - TAS-IX
      Siz mobil telefonga Tas-ix xizmatida bepul sms yuborishingiz mumkun !
    Главная » 2013 » Июнь » 26 » Abituriyent-2013: o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?
    22:52
    Abituriyent-2013: o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?
    20-iyundan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi. Hozirda barcha talaba bo‘lish istagidagi yoshlar ushbu hujjatlarni tayyorlash bilan band.

    Xo‘sh, yurtimiz OTMlariga qanday hujjatlarni topshirish talab qilinadi? Hujjatlarni topshirish tartib-qoidalari qanaqa? Biometrik pasport talab qilinayotgani rostmi? Sirtqi bo‘limlarga qanday hujjatlarni tayyorlash kerak? Bu savollar ayni paytda ko‘pchilik abituriyentlarni qiynayotgan bo‘lsa ajab emas.

    Biz bugungi kunda dolzarb bo‘lgan shu kabi savollarga javob olish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasining mas’ul kotibi Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevichga murojaat qildik.
    Hujjat qabul qilish muddati

    Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

    Unga ko‘ra, abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.
    Zarur hujjatlar

    Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
    ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
    o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
    086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
    fuqarolik pasporti nusxasi;
    3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
    papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona.

    Bundan tashqari, abituriyent qabul komissiyasiga pasportning asl nusxasi va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

    Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

    Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etishlari shart. Aks holda, undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
    Biometrik pasport majburiymi?

    OTMlariga hujjat qabul qilishda abituriyentlardan biometrik pasport talab qilish to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmagan. Oddiy pasportlar hali amalda bo‘lganligi sababli, hech kimdan biometrik pasport so‘ralmaydi. Ammo, bunday pasportga ega bo‘lganlar ham rad etilmaydi. Har ikkala turdagi pasportlar birdek qabul qilnadi.
    Veb-kamera orqali suratga tushish

    Abituriyent hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng, veb-kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etildi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

    Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.
    Qabul komissiyasining ish vaqti

    Komissiya yakshanbadan tashqari har kuni 8:30 dan 17:30 gacha ishlaydi. Tushlik vaqti 12:30 dan 13:30 gacha.
    Maxsus sirtqi bo‘lim

    Maxsus sirtqi bo‘limga faqat o‘xshash ta’lim yonalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda sohada kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar qabul qilinadi.

    Maxsus sirtqi bo‘limlarga o‘qishga kiruvchilardan qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:
    ish joyidan tavsiyanoma;
    mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma.
    Chet tili – to‘rtinchi blok sifatida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi qarori bilan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013/2014-o‘quv yilidan boshlab, kirish imtihonlari test sinovlariga asosiy uchta fandan (matematika, fizika, ona tili va adabiyoti) tashqari, chet tili ham qo‘shildi.

    Barcha abituriyentlarga hujjatlarni topshirishda va kirish imtihonlarida omad tilab qolamiz. Hujjatlar qabuli bo‘yicha paydo bo‘lgan savollaringizni bizga berishingiz mumkin. Ularga qo‘limizdan kelganicha javob berishga harakat qilamiz.
    Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2 · Rasm 3 · Rasm 4 · Rasm 5 · Rasm 6 · Rasm 7
    Категория: Qiziqarli Ma'lumotlar | Просмотров: 1082 | Добавил: Sherzod_230688 | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Mini profil
    Xurmatli Mexmon


    Группа:
    Mexmon
    Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

    Tavsiya qiling
    Bizga qo'shil
    Soat

    Kalendar
    OB XAVO
    Schyotchik
    » Зарег. на сайте
    Всего: 28
    Новых за месяц: 0
    Новых за неделю: 0
    Новых вчера: 0
    Новых сегодня: 0
    » Из них
    Администраторов: 2
    Модераторов: 0
    Модератор форума: 0
    Проверенных: 6
    Обычных юзеров: 17
    » Из них
    Парней: 22
    Девушек: 3
    Schyotchik
    Barcha izoxlar: 99
    Forumdagi postlar: 30/67
    Barcha fotolar: 1
    Barcha bloglar: 2
    Barcha Yangiliklar: 130
    Publisher: 18
    Directory: 1
    Games: 297
    Barcha videolar: 2
    Mexmonxana: 465
    TAS-IX RADIO ONLA
    Onlayn tv

    Flag Counter
    Copyright MyCorp © 2018 | Tepaga